Tayvandagi zilzila qurbonlari soni 40 kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Oldinroq 37 kishi halok bo‘lgani haqida ma’lum qilingandi.
Hozirda qutqaruvchilar qulagan binolar ostidan 100 dan ziyod kishini chiqarib olishga harakat qilmoqda.
Taynan shahrida vayronalar ostida 60 soatdan ziyod qolib ketgan 8 yoshli qizaloq qutqarib qolingani bildirilmoqda.
Izoh (0)