KXDR beshinchi yadro sinovini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Janubiy Koreya milliy razvedka xizmatiga tayanib, Yonhap ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Pxenyan 2006, 2009 va 2013-yillarda yadro sinovini o‘tkazgan. Shundan so‘ng BMT Xavfsizlik Kengashi, AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya KXDRga nisbatan turli sanksiyalar joriy etgandi.
Oxirgi, to‘rtinchi yadro sinovi joriy yilda qayd etildi: 6-yanvarda Pxenyan vodorod bombasi muvaffaqiyatli ravishda sinovdan o‘tkazilganini e’lon qildi. 7-fevral kuni esa KXDR sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan raketani uchirdi.
Izoh (0)