Oilaviy sabablarga ko‘ra iste’fo bergan Rossiyaning Tula viloyati gubernatori Vladimir Gruzdev o‘rniga Rossiya qahramoni Aleksey Dyumin gubernator vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Dyumin 2014-yilgacha Federal qo‘riqlash xizmatida ishlagan va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullangan. 2014-yilda Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishida muhim o‘rin tutgan yopiq bo‘linma — Maxsus operatsiyalar kuchlarini boshqargan va Ukraina prezidenti Viktor Yanukovichning Rossiyaga evakuatsiya qilinishiga bosh-qosh bo‘lgandi.
Putin mazkur operatsiyaga yuqori baho bergan va ko‘p o‘tmay Dyumin Quruqlikdagi qo‘shinlar bosh shtabi boshlig‘i etib tayinlangandi.
Izoh (0)