Somali poytaxti Mogadishoda prezident saroyi majmuasi joylashgan hududda bir necha marta portlash yuz berdi, deb yozadi “TASS”. Kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, kamida bir kishi halok bo‘lgan.
Somali OAVlari yozishicha, uchta minomyot snaryadi prezident qarorgohi yaqinida portlab ketgan. Hozircha mamlakatda faoliyat yurituvchi ekstremistik guruhlardan hech biri portlash bo‘yicha javobgarlikni bo‘yniga olgani yo‘q.
Izoh (0)