Fransiya prezidenti Fransua Olland tumush o‘rtog‘ini o‘ldirganligi uchun 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan 68 yoshli Jaklin Savajni afv etish haqidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Ayol ichkilikbozlikka chalingan Norber Maro bilan 47 yil birga turmush kechirgan. Eri uni va uch nafar qizlarini muntazam ravishda kaltaklab, zo‘rlab kelgan, o‘g‘lini tahqirlagan (u keyinchalik o‘zini osib qo‘ygan). O‘g‘li o‘z joniga qasd qilgan kunning ertasiga Savaj erini miltiqdan uch bor o‘q uzib, o‘ldirgan.
Qotillik 2010-yil sentabrida amalga oshirilgan, oradan ikki yil o‘tib, ayol qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud qarori mamlakat fuqarolarining noroziligiga sabab bo‘ldi: Savajni ozod etish talab qilingan va Fransiya prezidenti nomiga yo‘llangan petitsiyaga 400 mingdan ziyod kishi imzo chekdi.
Jaklin Savaj aprel o‘rtalarida ozodlikka chiqishi kutilmoqda.
Izoh (0)