BMT vakillari AQShda afroamerikaliklarning fuqarolik va siyosiy huquqlari kamsitilishi davom etmoqda, deb hisoblaydi. Bu haqda xalqaro tashkilot yangiliklar markaziga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Tashkilot ekspertlari 9—29-yanvar kunlari Baltimor, Vashington, Jekson (Missisipi shtati), Nyu-York va Chikagoda bo‘ldi. Tashrif yakunlari bo‘yicha ular tomonidan politsiyachilar tomonidan qora tanlilar o‘ldirilishi, zo‘ravonlik, shuningdek, sud ishlarida irqiy ajratish holatlari ko‘payganidan tashvishlanish bildirilgan.
“Irqiy kamsitishga barham berishga qaratilgan qonunlar paydo bo‘lganidan va fuqarolar huquqi uchun kurash boshlanganidan so‘ng kuzatilgan sezilarli o‘zgarishlarga qaramay, bir guruhning boshqa bir guruh ustidan hukmronligi mafkurasi afroamerikaliklarning fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishda davom etmoqda”, — deyiladi BMT ekspertlari bayonotida.
Izoh (0)