Xitoylik rassom Ay Veyvey cho‘kib ketib, Lesbos oroli sohillariga chiqib qolgan suriyalik qochoq bola fotosuratini qaytadan yaratdi, unda bosh rolni o‘zi “ijro etdi”, deb yozadi Meduza.
Dengiz qirg‘og‘iga chiqib qolgan uch yoshli bolaning jasadi aks etgan surat o‘tgan yilda muhojirlik inqirozining asosiy timsollaridan biri bo‘ldi. U Gretsiyaning Lesbos orolida olingan edi.
O‘z asarida Ay Veyvey sohildagi bolaning holatini takrorladi. Rassomni India Today jurnali fotografi suratga oldi; tasvir India Art Fair festivalining bir qismiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, suriyalik uch yoshli Aylan Kurdiy va uning akasi — besh yoshli Galip 2015-yil 2-sentabr kuni qirg‘oqbo‘yidan jonsiz holda topilgan edi.
Izoh (0)