Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bugun, 1-fevral kuni Rossiyaning Su-34 bombardimonchi samolyoti Turkiya havo hududiga bostirib kirganini rad etdi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”.
“Biz Rossiya mudofaa vazirligi e’lon qilgan axborotdan kelib chiqmoqdamiz. Eslatib o‘taman, vakillar ushbu mamlakatning Turkiya havo chegarasi samolyotlardan biri tomonidan buzilgani haqidagi da’volarini rad etdi. Biz shundan kelib chiqmoqdamiz”, — dedi Peskov.
Turkiya tashqi ishlar vazirligi 29-yanvar kuni tongda Rossiya harbiy-havo kuchlarining Su-34 samolyoti Turkiya havo kengliklarini buzib kirganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi esa Turkiya TIVning bayonotini safsata deb atadi. Pentagon esa Rossiyaning Su-34 samolyoti Turkiya havo hududiga bostirib kirgani haqida avvalroq Anqara tomonidan e’lon qilingan ma’lumotni tasdiqladi.
Izoh (0)