Janubiy Afrika Respublikasida teryer zotli it o‘z egasi va uning ikki yoshli qizini kobra hamlasidan qutqarib qoldi, biroq o‘zi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS”.
32 yoshli Karen fan der Berg ismli ayolning aytishicha, u uyidagi basseyn yonida o‘tirganida, Jek-rassel ovchi zotiga mansub Jamol laqabli itining hurganini eshitgan. O‘rnidan turib yon-atrofga boqqanida bir yarim metrli kobrani ko‘rgan.
It jon-jahdi bilan kobraga yopishib, uni o‘ldirgan, biroq o‘zi kobraning zaharli nishidan halok bo‘lgan.
Izoh (0)