Turkiyada CNN Turk kanalidagi teleko‘rsatuv bilan bog‘liq tekshiruv boshlandi, deb yozadi Meduza. Hukumat gumon qilishicha, efir chog‘ida mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni haqoratlovchi gaplar aytilgan.
Tekshiruvda gap muxolifatchi Xalq-respublikachilar partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘lining kanal efirida yangragan so‘zlari haqida bormoqda, u harakat yig‘ilishida Erdo‘g‘onni “diktator karikaturasi” deb atadi va Turkiya hukumatini korrupsiyada aybladi.
Izoh (0)