Turkiyaning Diyorbakir shahrida Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) jangarilari tomonidan yo‘l yoqasiga qo‘yilgan mina portlashida turk xavfsizlik kuchlarining ikki xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Portlash 20-yanvar, chorshanba kechki payt ro‘y bergan.
Kurd jangarilariga qarshi qaratilgan aksilterror operatsiyasida ishtirok etayotgan ikki harbiy jarohati sabab Diyorbakir gospitaliga olib kelindi, biroq ularni hayotini saqlab qolish iloji bo‘lmadi.
Izoh (0)