Filippin sohillarida 6,9 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati ma’lum qilgan, deya xabar beradi “TASS”.
Yerosti silkinishlari markazi Sarangani shahridan 246 kilometr janubi-sharqda, 102 kilometr chuqurlikdagi dengiz tubida bo‘lgan. Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot berilmagan, sunami xavfi e’lon qilinmagan.
Izoh (0)