Iroq poytaxti Bag‘doddan 80 km shimoli-sharqdagi El-Mikdadiya shahrida sodir bo‘lgan ikkita portlash natijasida kamida 20 kishi halok bo‘ldi va 50 kishi yaralandi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Agentlik xabariga ko‘ra, portlovchi uskunalardan birinchisi xudkush tomonidan kazinoda ishga tushirilgan. Ikkinchi bomba parkovka qilingan avtomobilda portlaganda, shifokorlar va tinch aholi vakillari birinchi portlash joyiga endi yig‘ilayotgan edi.
Izoh (0)