Yervopa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi xabariga ko‘ra, Yaponiyaning Xokkaydo orolidan g‘arbda 6,1 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Yerosti silkinishi mahalliy vaqt bilan 12-yanvar, seshanba kuni soat 02:08 (Toshkent vaqti bo‘yicha 22:08) da Xokkaydo prefekturasidagi Risiri qishlog‘idan 64 km janubda va Xokkaydo orolining eng yirik shahri Sapporodan 158 km shimolda qayd qilindi. Zilzila o‘chog‘i esa 200 km chuqurlikda joylashdi.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar kelib tushmadi.
Izoh (0)