Neftning Brent markasi narxi bir barrel uchun 32 dollardan tushib ketdi. Bu haqda London birjasidagi savdolar haqidagi ma’lumotlarga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
11-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 21:15 da neftning Brent markasi 4,05 foizga arzonlashdi va barreli uchun 31,96 dollardan savdo qilindi.
Bu vaqtda WTI neft markasi 2,77 foizga arzonlashib, barreli uchun 32,24 dollardan savdo qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 11-yanvar kunining o‘zida Brent neft markasi 33 dollardan arzonlashgan edi.
Izoh (0)