Janubiy Koreya KXDR bilan chegaradagi ovoz kuchaytirgichlar o‘rnatilgan hududda qurolli kuchlar jangovar tayyorgarligini eng yuqori darajaga keltirdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Yonhap ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya mudofaa vazirligi vakili shunday bayonot bergan. Vakilning ta’kidlashicha, KXDR bilan chegarada Shimol tomonidan fitna uyushtirilishi ehtimolining oldini olish uchun razvedka faoliyati ham kuchaytiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya hukumati Pxenyan o‘tkazgan yadro sinoviga javoban 8-yanvardan KXDR bilan chegarada ovoz kuchaytirgichlar tarmog‘i orqali targ‘ibot eshittirishlarini qaytadan boshlashga qaror qilgan.
Izoh (0)