Isyonchi xusiylarga qarshi kurashayotgan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya vakili Eronning ayblovlariga izoh berdi, deb xabar qiladi “Gazeta.ru”.
Koalitsiya vakilining ta’kidlashicha, isyonchilar harbiy operatsiyalar uchun Sano shahridagi tashlab ketilgan elchixonalardan foydalanadi. Yaman poytaxti markaziga aviazarbalar berishdan maqsad xusiylarning harbiy texnikalarini yo‘q qilishdan iborat.
Oldinroq Tehron Ar-Riyodni Sanodagi elchixonasini bombardimon qilishda ayblagan edi. Bu hodisa natijasida diplomatik vakolatxonaning bir nechta qo‘riqchilari jarohat oldi.
Izoh (0)