Yaman hujumati BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi vakilini “persona non grata” — mamlakatda bo‘lishi istalmagan shaxs deb e’lon qildi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, bunga oliy komissarning mamlakat haqida aytgan “nohaq” fikrlari sabab bo‘lgan.
Yaman hukumati BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi Yamandagi gumanitar vaziyat, xusiylar va sobiq prezident Ali Abdalla Salohning tarafdorlari sodir etayotgan jinoyatlar to‘g‘risida “nohaq” bayonotlarni bergani uchun shunday qarorga kelgan.
Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining Jenevadagi ofisini boshqarmaning Yamandagi vakili professional va obyektiv emasligi, shu sababli endilikda “persona non grata” hisoblanishi haqida ogohlantirib qo‘ydi.
Izoh (0)