Qutqaruvchilar Cheget tog‘ida (Kabarda-Balkariya respublikasi) ko‘chki ostida qolgan uchinchi kishining jasadini topdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
7-yanvar, payshanba kuni ertalab Cheget tog‘ining janubiy qiyaligida ko‘chki yuz bergani haqida ma’lumot olingan. Hodisa yuz bergan joyga Elbrus qidiruv-qutqaruv otryadining besh kishidan iborat guruhi jo‘natiladi. Qutqaruvchilar ko‘chki ostidan dastlab ikki kishining jasadini topadi.
Halok bo‘lganlardan ikki nafari ayol, biri erkak ekanligi ma’lum qilingan. Ularning jasadi hozirda tog‘dan pastga tushirilmoqda.
Izoh (0)