Saudiya Arabistonida shia ulamosi, shayx Nimr an-Nimrning qatl etilishi terrorchilarning garovga olinganlarni hayotdan mahrum etishini eslatadi. Bu haqda Livanga tashrif buyurgan Eron sog‘liqni saqlash vaziri Hasan Hoshimiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Saudiya Arabistoni mamlakat ozodligi uchun kurashganlardan birini o‘ldirib, Yaqin Sharqdagi terrorchilar butun mintaqa bo‘ylab qatllarni amalga oshirayotgani kabi ish tutdi. Saudiya Arabistonining Sharqiy viloyatida yashovchi musulmonlar shaxsiy fikrini bildirish huquqiga ega, tanqid uchun qatl etish mumkin emas”, — deya ta’kidlagan Hoshimiy.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Saudiya Arabistoni rasmiylari 2-yanvar kuni qatl etilgan 47 nafar mahkum ustidan “adolatli va halol sud jarayoni” bo‘lib o‘tganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)