Xitoy birjalaridagi savdolar 7-yanvar, payshanba kuni kotirovkalarning keskin tushib ketishi tufayli to‘xtatildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Savdolar birjalar ochilganidan so‘ng 30 daqiqa davomida asosiy indekslar 7 foizdan ko‘proqqa tushib ketganidan so‘ng to‘xtatildi. Aytishlaricha, 7-yanvar Xitoyda birja savdolari o‘tkazilayotgan 25 yil davomida eng qisqa birja kuni bo‘lgan. Tahlilchilar fikriga ko‘ra, birjalar Xitoy Markaziy bankining milliy valyuta devalvatsiyasini tezlashtirish to‘g‘risidagi qaroriga shu tariqa munosabat bildirgan.
Xitoy birjalaridan so‘ng Yevropadagi asosiy savdo maydonlaridagi indekslar ham pasaya boshladi. Savdolar boshlangandan so‘ng FTSE 100 (Buyuk Britaniya) 2,3 %, CAC 40 (Fransiya) 2,5 , DAX (Germaniya) esa 3,1 foizga pasaygan.
Izoh (0)