5-yanvar, seshanba kuni Afg‘onistonda o‘q yomg‘iri ostida qolgan AQSh harbiy xizmatchilari Gilmend provinsiyasida maxsus topshiriqli bo‘linmalarni tayyorlash bilan shug‘ullangan, deya xabar bermoqda “TASS” Pentagon matbuot kotibi Piter Kukka tayanib.
Kuk avvalroq AQShning bir nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lib, yana ikki nafari yaralangani haqida tarqalgan xabarni tasdiqladi.
Uning aytishicha, ularga yordam sifatida ikkita harbiy-tibbiy vertolyot yuborilgan, biroq ulardan biri o‘qqa tutilgan va bazaga qaytib kelgan, ikkinchisi esa qo‘nish chog‘ida zarar ko‘rgan.
Pentagon matbuot kotibi amerikalik harbiy xizmatchilar Gilmend provinsiyasida davom etayotgan jangda qatnashishi mumkinligini istisno qilmadi, shu bilan birga, boshqa tafsilotlarga aniqlik kiritmadi.
Izoh (0)