Ukrainaning Cherkasskaya viloyati huquq himoyachilari yarim yil avval yo‘qolib qolgan 11 yoshli bolakayni topdi, u yerto‘la uyda yashirinib yotgani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi “Segodnya.ua”.
Bola o‘zi uncha tanish bo‘lmagan kishi bilan birga qazigan yerto‘ladan topilgan. Uni shifokorlar ko‘rikdan o‘tkazgach, qarindoshlariga topshirishdi.
10 yoshli o‘g‘lining yo‘qolib qolgani haqida 2015-yil iyulida militsiyaga uning 43 yoshli onasi ma’lum qilgan. U onasi va o‘gay otasi bilan birga yashagan. Bola g‘oyib bo‘lishidan avvalroq oila doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan 26 yoshli erkakni uyiga ijaraga qo‘ygan. Ikki oydan so‘ng ijarachi bola bilan birga yo‘qolgan.
Huquq-tartibot xodimlari qidiruv boshlagan, biroq bolakay hech qayerdan topilmagan. Yangi yil arafasida esa bolani o‘zi ota deb atayotgan notanish erkak bilan ko‘rishganini aytishgan.
Aniqlanishicha, bolakay ota-onasi bilan kelishmay qolgach, uyni tark etgan. Ijarachi unga yaxshi munosabatda bo‘lib, unga g‘amxo‘rlik qilgani uchun u bilan birga ketgan. Ayni paytda ushbu ma’lumotlar tekshirilmoqda.
Izoh (0)