Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi KXDR tomonidan o‘tkazilgan yadroviy sinovni qoralab, xalqaro tinchlikka qarshi qaratilgan qadam va BMT Xavfsizlik kengashi qarorlarining buzilishi deb atadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Shimoliy Koreya tomonidan vodorod bombasining sinovdan o‘tkazilgani xalqaro tinchlikka qarshi chaqiruvdir”, — dedi Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Lim Son Nam.
“Shimoliy Koreya vodorod bombasini sinovdan o‘tkazish bilan, BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyalarda belgilangan talablarni buzdi”, — dedi diplomat.
Eslatib o‘tamiz, KXDR vodorod bombasini sinovdan o‘tkazgani 6-yanvar kuni ma’lum bo‘ldi. Shimoliy Koreya shunday qurolga ega ekanligi haqida mamlakat yetakchisi Kim Chen In 2015-yil dekabr oyida e’lon qilgandi.
Voqealar rivoji: KXDRning vodorod bombasi
Izoh (0)