AQSh mudofaa vazirligi KXDRda yadro sinovlari o‘tkaziladigan poligon yaqinida zilzila sodir bo‘lgani haqidagi ma’lumotlarni o‘rganmoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Biz Shimoliy Koreya yadro poligoni yaqinida sodir bo‘lgan zilzilaning ehtimoliy sabablarini o‘rganmoqdamiz”, — dedi AQSh hukumati vakili.
Nashr eslatishicha, avvalroq KXDR sharqida 5,1 magnitudali yer silkinishi yuz bergani haqida xabar tarqalgan edi. Janubiy Koreya va Yaponiya Shimoliy Koreya yadro sinovlari o‘tkazganini gumon qilmoqda.
Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi KXDR tomonidan o‘tkazilgan yadroviy sinovni qoralab, xalqaro tinchlikka qarshi qaratilgan qadam va BMT Xavfsizlik kengashi qarorlarining buzilishi deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, KXDR vodorod bombasini sinovdan o‘tkazgani 6-yanvar kuni ma’lum bo‘ldi. Shimoliy Koreya shunday qurolga ega ekanligi haqida mamlakat yetakchisi Kim Chen In 2015-yil dekabr oyida e’lon qilgandi.
- Voqealar rivoji: KXDRning vodorod bombasi
Izoh (0)