Yaponiya KXDRda o‘tkazilgan vodorod bombasi sinovi masalasida BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari, xususan, AQSh, Xitoy va Rossiya bilan bahamjihat harakat qiladi. Bu haqda, “TASS” xabariga ko‘ra, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, “KXDR Yaponiya va boshqa mamlakatlarga ulkan tahdid solmoqda, yadroviy sinovlarning o‘tkazilishi esa nomaqbul harakatdir”.
Avvalroq KXDR vodorod bombasini muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o‘tkazgani ma’lum bo‘lgandi. Shimoliy Koreyada vodorod bombasi borligi haqida esa 2015-yil 10-dekabr kuni mamlakat yetakchisi Kim Chen In ma’lum qilgandi.
Izoh (0)