Yaponiyada o‘tgan yili davlat muassasalari va kompaniyalarga ko‘p sonli kiberhujumlar oqibatida 2 milliondan ziyod kishining shaxsiy ma’lumotlari (ismi-sharifi, manzili, kredit kartalari raqami) o‘g‘irlangan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xakerlar hujumiga 140 ga yaqin tashkilot duch kelgan. Ularning yarmidan ko‘pi ma’lumotlar o‘g‘irlanganini politsiya tomonidan tegishli bildiruv olgandan keyingina payqagan. Shu sababli rasmiylar shaxsiy ma’lumotlari o‘g‘irlangan yaponiyaliklar soni bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
O‘tgan yilgi eng yirik kiberhujum Yaponiya pensiya jamg‘armasiga uyushtirilgan va xakerlar qo‘liga 1,25 million kishining pensiya hisob-raqami bo‘yicha ma’lumotlar kelib tushgan.
Izoh (0)