Ikki nafar litvalik alpinist Fransiya sharqidagi Yuqori Savoyya departamentidagi tog‘larda qor ko‘chishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda BFM TV telekanaliga tayanib, “TASS” xabar qilmoqda.
Telekanal xabariga ko‘ra, hodisa Alp tog‘laridagi Shamoni vodiysida sodir bo‘lgan. Halok bo‘lganlardan biri erkak, ikkinchisi ayol bo‘lgani aytilmoqda. Alpinistlar jami uch kishi bo‘lgan, ulardan biri omon qolgan. Fransiyaning qutqaruv xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ular tajribali sportchi bo‘lgan.
Kuchli qor yog‘ishi Fransiya tog‘larida bir sutkadan ortiq davom etmoqda. 1,5 ming metrdan yuqorida qorning qoplamasi 50 santimetrga yetishi kutilmoqda. Qutqaruvchilar harorat va kuchli shamolning tez-tez almashib turishi natijasida qor massasi o‘zgaruvchan ekanligidan ogohlantirmoqda.
Izoh (0)