Jangarilarning Panjob shtatidagi Patxankot aviabazasiga hujumi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi va 20 kishi jarohatlangan. Bu haqda Hindiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Rajiv Mexrishi jurnalistlarga ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Harbiy-havo kuchlari xodimlari safidan olti kishi o‘lgan va sakkiz kishi yaralangan. Ichki ishlar vazirligi tizimiga kiruvchi milliy xavfsizlik kuchlari tarkibidan besh kishi halok bo‘ldi va 12 kishi jarohatlangan”, — deya ta’kidlagan Mexrishi.
Vazir o‘rinbosarining bildirishicha, operatsiya davomida olti nafar terrorchi yo‘q qilingan. Ikki nafar jangari hozirda ham baza hududida bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)