Misrning Isroildagi yangi tayinlangan elchisi Hazem Hayrat o‘z vazifalarini bajarishga kirishdi. Bu haqda Isroil radiosiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Tashqi ishlar vazirining sobiq yordamchisi 2015-yil iyun oyida bu lavozimga tayinlangan edi. Hazem Hayrat bu lavozimda 2012-yilda prezident Muhammad Mursiy tomonidan chaqirib olingan Atif Salimning o‘rnini egallaydi. O‘shanda Mursiy HAMAS nazorati ostidagi G‘azo sektorida Isroil harbiylari operatsiya o‘tkazganiga norozilik belgisi sifatida elchini chaqirib olgandi.
Bundan tashqari, 2012-yilda Misr Husni Muborak prezidentligi davrida Isroilga gaz yetkazib berishni ham to‘xtatib qo‘ygan edi.
Diplomatik manbalar misrlik elchining Isroilga qaytishini ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning iliqlashganidan dalolat beradi. Bundan tashqari, o‘tgan yili kuzda Isroil Qohirada diplomatik vakolatxonasining yangi binosini ochgandi.
Izoh (0)