AQShning Florida shtati Orlando shahri yaqinida joylashgan, McDonald’s tarmog‘idagi eng katta restoran tashrifchilar uchun o‘z eshiklarini yopdi, deya xabar bermoqda “TASS” mahalliy OAVlarga tayanib.
Ushbu restoran 1976-yilda mashhur “Disneylend” ko‘ngilochar bog‘i yonida ochilgan va katta hajmi bilan tanilgan edi. Tashqi ko‘rinishi qovurilgan kartoshka solingan ulkan qutini eslatuvchi binoda bouling, yaxmalak maydoni va o‘yin avtomatlari zali ham bo‘lgan.
McDonald’s vakillari aytishicha, yopilgan restoran o‘rnida yangi bino quriladi va u yerda ushbu tarmoqning yanada kattaroq restorani ochiladi — uning maydoni 1750 kvadrat metrni tashkil qiladi. Yangi McDonald’s shu yil fevralidayoq ochilishi kutilmoqda.
Izoh (0)