Salvadorda Yangi yil tantanalari kuni bosqinchilar guruhi besh kishini o‘ldirdi, deya xabar bermoqda “TASS” mahalliy politsiyaga tayanib. Hujum qurbonlari orasida 11 yoshli bola ham bor.
Yovuz niyatlilar respublika poytaxtidan 136 km sharqda joylashgan San-Migel shahridagi ikkita uyga bostirib kirgan va ichkarida bo‘lgan kishilarni otib tashlagan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatlar guruhlar o‘rtasidagi janjallar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, chunki qotilliklar yuz bergan tuman “Mara Salvatrucha” guruhi tomonidan nazorat qilinadi.
Salvadorda faoliyat yurituvchi jinoiy guruhlardan birining a’zolari 28-dekabr, dushanba kuni ham Olokuilta munisipalitetida patrul xizmati xodimlarini o‘qqa tutgan edi. Otishma chog‘ida tartib posbonlari besh banditni yo‘q qildi.
Izoh (0)