Fransiyaning Drom departamentida joylashgan Valans shahrida noma’lum kimsa avtomobilida ikki bor harbiy patrulni urib yuborishga harakat qilgan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa shaharning bosh masjidi yaqinida ro‘y bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, uch nafar harbiydan biri yengil yaralangan —mashina uning oyog‘ini shikastlagan. Bunga javoban harbiylar avtomatdan o‘q uzib, haydovchining oyog‘i va yelkasini jarohatlagan. Shuningdek, masjiddan chiqayotgan 70 yoshli kishining oyog‘iga ham tasodifan o‘q tekkan.
Shifokorlarning aytishicha, haydovchining jarohatlari jiddiy, lekin hayoti havf ostida emas. Uning mashinasidan qurol yoki portlovchi modda topilmagan. Erkakni bunday harakatga undagan sabablar aniqlanmoqda, uning o‘zi politsiya savollariga javob berishdan bosh tortgan.
Izoh (0)