Gvatemalaning Isabal departamentidagi Puerto-Barrios qamoqxonasida isyon ro‘y berdi. Buning oqibatida 8 nafar mahbus halok bo‘ldi, 24 kishi jabrlandi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Puerto-Barrios qamoqxonasidagi hodisa qochishga urinish tufayli sodir bo‘ldi. Bu harakatning oldi olindi”, — deyiladi mamlakat ozodlikdan mahrum etish muassasalari boshqarmasi xabarida.
Jinoyatchilar devordan ochilgan teshik orqali qochmoqchi bo‘lgan. Voqea joyiga kelgan o‘t o‘chiruvchilar qamoqxona hududidagi bir necha joyda yong‘inni bartaraf etgan. Ayni paytda muassasadagi vaziyat nazorat ostida ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)