Saudiya Arabistoni neft va mineral resurslar vaziri Ali ben Ibrohim An-Nuaymi mamlakat neft qazib olishdagi siyosatini o‘zgartirmasligini ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Bu ishonchi siyosat va biz uni o‘zgartirmaymiz”, — dedi vazir. “Biz o‘z mijozlarimiz ehtiyojini qondiramiz, ishlab chiqarish (neft)ni endi cheklamaymiz, — dedi an-Nuaymi. — Bizda talabni qondirish imkoniyati bor”.
Oldinroq Saudiya Arabistoni neft qazib olishni sutkasiga 1,5 million barrelga oshirgandi.
Saudiya Arabistoni iqtisodiyoti 90 foizga neft sektoriga tayangan va bozordagi narxlar tushishi mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli ravishda ta’sir ko‘rsatmoqda. Shunday bo‘lsa ham, qirollik rahbariyati katta miqdorda neft qazib olishni (sutkasiga 10 million barreldan ortiq) saqlab qolishga qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, arzon neft Saudiya Arabistonida rekord darajadagi budjet taqchilligiga olib kelgani ma’lum qilindi.
Izoh (0)