Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xodimlari tomonidan qurol, maxsus vositalar va jismoniy kuchdan foydalanish tartibini belgilovchi qonunni imzoladi, deb xabar qiladi “Vedomosti”.
Hujjatga ko‘ra, FXX harbiy xizmatchilari qurol, maxsus vositalar va jismoniy kuchdan foydalanishdan oldin ular kim ekanligi, o‘z niyati haqida ogohlantirishi kerak. Bu o‘z navbatida fuqarolarning qonuniy talablarni bajarishiga imkon yaratadi. Ammo maxsus xizmat xodimlari “agar sekinlashish fuqarolar, FXX xodimlarining hayoti va sog‘lig‘iga xavf solsa yoki boshqa og‘irlashtiruvchi oqibatlarga olib kelsa, bundan tashqari, FXXning obyektlari, maxsus yuklari va transport vositalariga hujum qilishni qaytarayotganda” ogohlantirishsiz harakat qilishi mumkin.
FXX xodimlari ularning harakati oqibatida jarohat olganlarga birinchi yordamni ko‘rsatishi yoki jabrlanuvchini shifokorga tezroq olib borish uchun chora ko‘rishi kerak. Quroldan foydalanish fuqaroning jarohat olishi yoki o‘limiga olib kelsa, bu haqda 24 soat ichida prokurorni ogohlantirish lozim.
FXX xodimlari “qonun tomonidan o‘rnatilgan tartib asosida” jangovar texnika, qurol, maxsus vositalar va jismoniy kuchdan foydalanganida, fuqarolar va tashkilotlarga zarar yetsa, buning uchun ular javobgar bo‘lmaydi.
Izoh (0)