Dog‘istonning Derbent shahridagi Narin Qal’ada otishmani uyushtirgan kimsalarning shaxsi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda mintaqaning huquq-tartibot organlariga tayanib, “Interfaks” ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
“Otishmani ‘Janubiy to‘da’ a’zolari — Rajap Ismailov, Nariman Bashirov va to‘da boshlig‘i Abutdin Xanmagomedov uyushtirgani taxmin qilinmoqda”, — dedi agentlik suhbatdoshi.
Manbaning qayd etishicha, uchala ishtirokchi ham 2015-yil 16-dekabrda Dog‘iston janubida FVVning 3 nafar xodimini yaralanishiga olib kelgan otishmaga aloqador.
Eslatib o‘tamiz, 30-dekabr, chorshanbaga o‘tar kechasi Derbent shahridagi Narin Qal’a tashrif buyuruvchilari o‘qqa tutildi. Natijada 11 kishi yaralandi va bir nafar chegarachi halok bo‘ldi.
Izoh (0)