Suriyaning Xoms shahri markazidagi Az-Zaxra tumanida uchta portlash sodir etildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” shahar politsiyasiga tayanib.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 30 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, o‘nlab tinch aholi vakillari yaralangan.
“Xudkush o‘zini portlatdi, u bilan deyarli bir vaqtda mina o‘rnatilgan mashina portladi, so‘ng birinchi terakt joyida yana bitta portlovchi qurilmani harakatga keltirishdi. Terakt Rukya poliklinikasi yaqinida uyushtirildi”, — dedi agentlik suhbatdoshi.
Izoh (0)