Xitoy rasmiylari mamlakatdagi uchta yirik telekommunikatsiya kompaniyalaridan biri — China Telecom rahbari Chan Syaobinni korrupsiyada gumon qilib, surishtiruv ishlarini boshladi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, Syaobin “jiddiy intizom buzishlar”da ayblanmoqda, Xitoyda esa bu korrupsiyaga aloqadorlikni anglatadi.
Tekshiruvni boshlash to‘g‘risidagi qaror Xitoy intizomni tekshirish markaziy komissiyasi tomonidan qabul qilingan.
Izoh (0)