Xitoy Milliy ozodlik armiyasi harbiy-dengiz kuchlarining J-10S qiruvchisi halokatiga samolyot dvigateliga qush kirib qolgani sabab bo‘lgan, deb yozadi “TASS” Xitoyning Sina portaliga tayanib.
Samolyot dvigateliga kutilmaganda qush kirib qolgan, natijada kuch qurilmasi ishlashdan to‘xtagan. Bu paytda samolyot yoqilg‘i bakida 2 tonnaga yaqin yonilg‘i, bortda esa 200 tacha o‘q-dori bo‘lgan.
Favqulodda vaziyat yuzaga kelgach, 23 soniya davomida uchuvchilar dvigatelni qaytadan ishga tushirishga bir necha marta urinib ko‘rdi, ular muvaffaqiyatsiz bo‘lgach, qulayotgan qiruvchini turar-joy inshootlaridan nari olib ketdi va 271 metr balandlikda katapulta qildi.
Ikki o‘rinli o‘quv-jangovar qiruvchi samolyot 17-dekabr kuni Chjeszyan provinsiyasida qulab tushgan, ekipaj muvaffaqiyatli katapulta qilib, jabrlanmagan edi.
Izoh (0)