Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 25-dekabr kuni “Tinchlik va hamjihatlik asoschisi — Millat yetakchisi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi, deya xabar bermoqda Asia Plus. Shu tariqa, u bir umrga Tojikiston millati yetakchisi deb e’lon qilindi.
Qonun davlat rahbari rolini tinchlik va milliy birdamlik asoschisi, tojik suveren davlatchiligining umrboqiyligi timsoli sifatida ifodalaydi.
Millat yetakchisi mamlakat prezidenti lavozimidan ketganidan so‘ng respublika xalqiga murojaat qilish, muhim davlat tadbirlarida ishtirok etish va ularda nutq so‘zlash huquqini saqlab qoladi.
Qonunga muvofiq, Millat yetakchisi tavsiyalarini amalga oshirish barcha davlat tuzilmalari uchun majburiy bo‘ladi, “muhim siyosiy ichki va tashqi muammolar” u bilan kelishgan holda yechiladi.
Mamlakatni boshqarish yillarida amalga oshirilgan barcha harakatlari uchun Millat yetakchisiga daxlsizlik kafolatlanadi.
Izoh (0)