24-dekabr, payshanba kuni Moskvada “Baumanskaya” metro bekati kapital ta’mirdan so‘ng ochildi, deya xabar bermoqda “Novosti Uzbekistana” Moskva hukumati matbuot xizmatiga tayanib. Restavratsiya jarayonida O‘zbekistondan keltirilgan marmardan foydalanildi.
“Baumanskaya” metro bekati 1944-yilda qurilgan bo‘lib, kapital ta’mirga muhtoj bo‘lgan. Restavratsiya ishlari chog‘ida bekatning o‘sha vaqtlardagi qiyofasini va tuzilmasini tiklashdi.
Vestibyulning old tomoni, devorlarning marmar qoplamasi, poldagi terma naqsh, bezak elementlari, chiroqlar, shuningdek, me’morchilik va dekorativ-tasviriy san’at asarlari restavratsiya qilindi. Xabarda ta’kidlanishicha, marmar O‘zbekistondan keltirildi.
Izoh (0)