Kongo demokratik respublikasida transport samolyotining ehtiyotsizlik bilan qo‘ndirilishi oqibatida yetti kishi nobud bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Air Service aviakompaniyasiga qarashli A-310 samolyoti Sharqiy Kasai viloyati ma’muriy markazi Mbuji-Mayi shahri aeroportiga qo‘nayotganda uchish-qo‘nish maydonchasidan chiqib ketib, aeroportga yaqin uylarga borib urilgan. Ularda bo‘lgan 7 nafar fuqaro halok bo‘lgan.
Oldinroq Congo Airways davlat aviakompaniyasi aeroport infrastrukturasi talabga javob bermaganligi uchun Mbuji-Mayiga parvozlarni to‘xtatgan edi.
Izoh (0)