Rossiyaning A321 samolyotidagi portlash markazi salon oxiridagi o‘ng bortda bo‘lgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Mutaxassislar yo‘lovchi o‘rindig‘i ostidagi 0,33 sig‘imli Schweppes ichimligi alyumin idishiga 250—300 gramm plastik portlovchi modda joylashtirilgani va u S-4 bo‘lganini taxmin qilmoqda. Ta’kidlanishicha, bunday portlovchi modda turli ko‘rinishda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ishlab chiqarilmoqda, bu esa terakt uyushtirganlarni qidirishni qiyinlashtiradi.
Bombani Sharm ash-Shayx aeroporti xodimlaridan kimdir samolyotga olib o‘tib, keyinchalik elektron taymerni harakatga keltirgan bo‘lishi mumkinligi bildirilmoqda.
Izoh (0)