Suriya prezidenti Bashar Asad Eronga parvoz qilayotganda, uning samolyotini Rossiyaning to‘rtta qiruvchi samolyoti kuzatib boradi. Bu haqda Eronning Fars News agentligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“To‘qnashuvlar sodir bo‘lishining oldini olish maqsadida AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning aviatsiya qo‘mondonligi ularning kuchlari Bashar Asadning samolyotiga yaqinlashmasligi haqida ogohlantirib qo‘yildi”, — deb yozadi nashr. Qo‘shimcha qilinishicha, Suriya prezidenti Eronga Iroq ustidan uchib o‘tadi.
Oldinroq Fars agentligi o‘z manbalariga tayanib, Suriya yetakchisi dekabr oxiri yoki yanvar oyining boshida Tehronga safar uyushtirishi haqida xabar bergandi. Ammo hozircha bu ma’lumot tasdiqlanmadi.
Izoh (0)