Yevropa o‘z suverenitetining katta qismini NATO blokiga topshirib, mustaqil tashqi siyosatdan voz kechdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya 1” telekanalida chiqqan “Miroporyadok” filmidagi intervyusi davomida aytgan, deb xabar qiladi “RBK”.
Davlat rahbarining aytishicha, Yevropaning muammosi shundaki, “ular mustaqil tashqi siyosatni umuman yuritmaydi, ular bundan voz kechgan”.
“Umuman olganda, harbiy-siyosiy blok ishtirokchilari suverenitetining bir qismi millatlar ustidan turuvchi organga topshirilishi normal holat. Ammo bu yerda Yevropa suverenitetining bir qismi NATOga ham emas, NATO yetakchisi — AQShga berilgan”, — dedi Putin.
Izoh (0)