Yaman hukumati tarafdorlari va isyonchi xusiylar 17-dekabr, payshanba kuni asirlar almashuvini yakunladi. Bu haqda Sky News Arabia manbalariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, almashuv Laxj va al-Bayda viloyatlari chegarasidagi Yaafaa qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan. Adan qamoqxonalaridan chiqarilgan 370 kishidan iborat birinchi guruh xusiylarga kelib qo‘shildi, o‘z navbatida, isyonchilar 285 kishini hukumat tarafdorlariga qaytardi.
Shveysariyada 15-dekabr, seshanba kuni boshlangan Yamandagi qarama-qarshi tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davomida hukumat va isyonchilar o‘t ochishni to‘xtatishdan tashqari, asirlar almashuvi borasida ham kelishuvga erishgan
Izoh (0)