O‘zbekistonda 18—20-dekabr kunlari yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda, “O‘zgidromet” ma’lumotlariga asoslanib, UZ24 xabar bermoqda.
Havo harorati kunduzi va kechasi mamlakat bo‘ylab 0...+5 darajagacha tushishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida havo harorati kechasi -3...+2 daraja, 18-dekabr kuni kunduzi +3...+8 daraja, 19—21-dekabr kunlari 0...+5 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida ham qor yog‘ishi kutilmoqda. 18—19-dekabr kunlari kechasi havo harorati -7...-2 darajagacha, 20—21-dekabr kunlari -12...-7 darajagacha, kunduzi -5...0 darajagacha sovishi kutilmoqda.
Izoh (0)