“Daryo”da doimiy rukn — har kuni eng muhim yangiliklarning kechki dayjesti berib boriladi.
1. Rustam Azimov: O‘zbekiston ShHT doirasida erkin savdo hududini tashkil etish taklifini ko‘rib chiqishga tayyor emas. Aytishlaricha, bunday savdo hududini tashkil etish tashkilotning 2025-yilgacha mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasida ham nazarda tutilmagan.
2. O‘zbekiston fuqaroligidan chiqayotganlarga harbiy xizmatdan ozod etish haqida ma’lumotnoma beriladi. Kunning eng ommabop xabarlaridan biri bu.
3. Toshkentdagi ko‘p qavatli turar-joylar, mahalla va mavzelarda videokuzatuv moslamalari o‘rnatiladi. Bundan ko‘zlangan maqsadlardan biri — “turli jinoiy unsurlarning harakatlariga chek qo‘yish hamda aholi xavfsizligini ta’minlashdir”.
4. Alisher Usmonov yangiliklari: Alisher Usmonov Rossiyada madaniyat va san’at sohasida “Yil homiysi” deb topildi, Alisher Usmonov so‘nggi yetti yilda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga 34 million yevro ajratdi, Alisher Usmonovning xoldingiga “CTC Media”ning aktivlarini sotib olishga ruxsat berildi.
5. Finlyandiyalik yigit havo sharidan parashyutsiz sakradi. Siz — ortingizdan quvib, qutqarib qola oladigan do‘stlaringiz borligini bilmaguningizgacha — bunday qila ko‘rmang. Shunday do‘stlaringiz bo‘lsa ham, yaxshisi, bunday qilmang.
Izoh (0)