Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina rasmiylarini Qrim ushbu mamlakat elektr energiyasidan voz kechishi to‘g‘risida ogohlantirish haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Rossiya hukumatining ma’lum qilishicha, ayni paytda Qrimga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha Ukraina rasmiylari bilan shartnoma yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, Putin Ukraina tomonini oldindan ogohlantirishni so‘ragan. “Hech kimni noqulay vaziyatga qo‘ymaslik uchun ma’lum bir muddatdan so‘ng bizga elektr energiyasi umuman kerak emasligini aniq-tiniq bildirish kerak”, — deya ta’kidlagan Putin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yarimorol Qrim va Kuban o‘rtasidagi energiya ko‘prigi to‘liq ishga tushgach, Ukraina elektr energiyasi yetkazib berishidan butkul voz kechishi mumkin.
Izoh (0)